O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan...
