Yirik monografiyalar, risolalar va yuzlab ilmiy maqolalar muallifi mahoratli murabbiy, iqtisodiyot fanlari nomzodi Zuhra Hikmat (Sabirova)ning qo‘lingizdagi “O‘zbekiston davlat moliyasining 3000 yillik tarixi” nomli asarida 100 ga yaqin podishohlarning faoliyati va xazinalarining harakati, ijtimoiy-siyosiy kechmishi o‘z aksini topgan. Unda yoritilgan O‘zbekiston davlat moliyasining 3000 yillik tarixi xalqimiz ijtimoiy hayotining o‘ziga xos salnomasidir. Kitob oliy ta’lim...
Author: Admin (Admin FAFK)
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi
Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara olgan va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan.
Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi
Chinabod sanatoriyasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan ma’ruza qildi hamda ularning hayoti va ijodi haqida ishtirokchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zlarida: “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun...
Zahiriddin Muhammad Bobur: strategiya, taktika va harbiy san’at
Mazkur monografiya iste’dodli sarkarda, atoqli davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning lashkarboshi sifatida shakllanishi, harbiy yurishlari, jangu jadallari va jahon harbiy san’atiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr bildirilgan. Saydaliyev, T. Zahiriddin Muhammad Bobur:strategiya, taktika va harbiy san’at. Monografiya.- Toshkent: Chirchiq, 2024.- 122 b
Navoiy devoni qo‘lyozmalaridan saylanma (101 g‘azal)
Bu kitobda buyuk so‘z ustasi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoni qo‘lyozmalaridan saralab olingan bu to‘plamda el orasida ko‘p mashhur bo‘lgan g‘azallardan 101 tasi ham nasta’liq yozuvidagi husnixatda, ham joriy yozuvda berilgan. Bu o‘quvchiga g‘azallarni asl matnida o‘qish, joriy alifbodagi yozuvga solishtirish hamda izohlardan foydalanish imkonini beradi. Rashidova, M. X. Navoiy devoni qo‘lyozmalaridan saylanma (101 g‘azal)...
O‘zbekiston adabiyotshunoslari
Rahimjonov, N. O‘zbekiston adabiyotshunoslari (XIX asr oxiri – XXI asr boshlari adabiy-estetik tafakkur tarixidan) / N. Rahimjonov.– Toshkent: Yosh avlod matbaa, 2021.– 608 b. Majmuaga XIX asr oxiri- XXI asr boshida yashab ijod qilgan, faoliyat yuritayotgan bir necha avlodga mansub uch yuzdan ziyod adabiyotshunos olim hamda adabiy-estetik-nazariy tafakkur takomilida iz qoldirgan, o‘z so‘zini aytib kelayotgan...
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni mamlakatimizda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz. Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan, Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Fundamental kutubxonasi rahbariyati bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda kutubxonamiz uchun jon kuydirib ko‘p yil faoliyat...
Birinchi o‘zbek tuproqshunos va taniqli arabshunos olimi
Ushbu risola birinchi o‘zbek tuproqshunosi va Respublikamizdagi taniqli arabshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Majidxon Bahodirov tavalludining 120 yilligi munosabati bilan nashrga tayyorlandi. Risolaga Majidxon Bahodirovning tarjimai holi, ilmiy va pedagogik faoliyati, asarlari va olim haqidagi rasmiy ma’lumotlar hamda shogirdlari, qarindoshlari, farzandlari va nabiralarining maqolalari kiritilgan. Bahodirov, R. M. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro...
Buxoro tarixi yozma manbalari
Darslikda Buxoro tarixining u yoki bu masalalarini o‘z ichiga olgan yozma manbalar, ularning vujudga kelish, o‘rganilish, nashr qilinish tarixi, qo‘lyozma nusxalarining miqdori va saqlanish manzili, ma’lumotlarning joylashish tartibi, kam o‘rganilgan masalalarni tadqiq qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari hamda Buxoro tarixini o‘rganishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Bu darslikdan tarixchi, manbashunos, o‘lkashunos, arxeolog, Buxoro tarixi bilan qiziquvchilar foydalanishi...









