Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odatlarimiz, bahor faslining go‘zalligi hamda xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy an’analarga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yurtimizga...
Bo'lim: <span>Ko’rgazmalar</span>
Sen – bahorni sog‘inmadingmi?
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Sen – bahorni sog‘inmadingmi?” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan bahor faslining go‘zalligi, tabiatning uyg‘onishi, inson qalbidagi yangilanish va ilhomni tarannum etuvchi badiiy hamda ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmada o‘zbek adabiyotining mashhur adiblari qalamiga mansub asarlar, she’riy to‘plamlar hamda bahor mavzusini yorituvchi kitoblar joy olgan. Barcha kitob ixlosmandlarini...
Bobur – shoh va shoir
Bugun, 14-fevral kuni jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va iste’dodli sarkarda – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda. U nafaqat yirik davlat arbobi va sarkarda, balki betakror iste’dod sohibi, nozik didli ijodkor sifatida ham tarix sahifalaridan munosib o‘rin egallagan. Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari jahon adabiyoti va...
Mahalla – ahillik va mehr-oqibat maskani
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan “Mahalla – ahillik va mehr-oqibat maskani” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi Mazkur ko‘rgazmada mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimiz, ahillik va hamjihatlik tamoyillari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan adabiyotlar keng o‘rin olgan. Tashrif buyuruvchi kitobxonlar mahalla tarixiga oid manbalar, ilmiy-tahliliy asarlar...
Bugun 9-fevral buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy komillik timsoli” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Alisher Navoiyning o‘lmas asarlari, mumtoz va zamonaviy nashrlari, adabiyotshunos olimlar tomonidan yozilgan kitoblar, shuningdek, Navoiy siymosi va uning davlat arbobi sifatidagi faoliyatini yorituvchi manbalar o‘rin olgan. Alisher Navoiy o‘zining bebaho ijodi,...
Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlangan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha o‘g‘lonlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt va doimo yurtga munosib tayanch bo‘lishingizni tilaymiz.Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Ma’rifat jarchisi Mahmudxо‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlanadi
Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan. Behbudiy umri davomida “Turkiston viloyatining gazeti”, “Tujjor”, “Samarqand” gazetalari va “Oyina” jurnalida yuzlab maqolalar yozgan. Ularda millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi qarashlarini ifoda etgan. “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jugʻrofiyai...
Said Ahmad tavalludining 105 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida tavallud topgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan asarlari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Bugun, 9-aprel – buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da dunyoga kelgan. Uning otasi Amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan....
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk astronom va matematik olim, Temuriylar sulolasining atoqli vakillaridan biri. U 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, Joriy yilda uning tavalludining 631 yilligi nishonlanadi. Ulug‘bekning eng katta ilmiy merosi – Samarqandda bunyod etgan Ulug‘bek rasadxonasi, u yerda astronomik kuzatishlar olib borib, yulduzlar jadvalini tuzgan. Uning asosiy asari “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy” bo‘lib, bu asar butun...
- 1
- 2









