Navroʻz – bahor bayrami, yangilik va yangilanish ramzi boʻlib, koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng nishonlanadi. Navroʻz haqida koʻplab kitoblar yozilgan boʻlib, ular orqali bu qadimiy bayramning tarixi, anʼanalari va ramziy maʼnosi haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Bizning kutubxonada Navro‘z haqida yuqoridagi kitoblar mavjud. Kutubxonamizga tashrif buyuring va Navro‘zi bayrami haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Bo'lim: <span>Ko’rgazmalar</span>
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi
Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara olgan va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zlarida: “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun...
Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi
Bugun o‘zbek adabiy tilining asoschisi, shoir, g‘azal mulkining sultoni, ma’rifatparvar, Davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 582-yilligi mamlakatimizning barcha dargohlarida keng nishonlanmoqda. Ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida ham shoirni madh etgan holda “Navoiy-komillik timsoli” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Unda ul zotning turli xil mavzularga bag‘ishlangan asarlari, xususan “Xamsa” asaridan...
Umumjahon metrologiya kuni
FA Fundamental kutubxonasida metrologiya kuniga bag'ishlab ko'rgazma tashkil qilindi.
«Xotira – muqaddas, qadr aziz»
FA Fundamental kutubxonasida 9 may "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab "Xotira - muqaddas, qadr aziz" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi!
Xalqimiz mehrini qozongan adib!
Bugun 26-aprel kuni FA Fundamental kutubxonasida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan "Xalqimiz mehrini qozongan adib" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi. Ko'rgazmadan Shoir qalamiga oid unutilmas va takrorlanmas she'riy to'plamlari joy oldi.
80 yoshlik yubiley ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bugun FA Fundamental kutubxonasida Yoshlar ittifoqi mukofoti laureati, “El-yurt xurmati” ordeni sohibasi, san’atni ijtimoiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirgan shoira va tarjimon Oydin Hojievaning 80 yilligi munosabati bilan she'riy kecha uyushtirldi va shoiraning she'riy to'plamlaridan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi!
Navoiy oʼqigan kitoblar!
Joriy yil 19-april kuni FA Fundamental kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi"ga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi!
«Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!»
2022 yil 10 fevral Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti " Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida" Qaroriga muvofiq FA Fundamentla kutubxonasida "Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi!
- 1
- 2









