Tadbirda madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilot va muassasalarning vakillari ishtirok etib talabalar bilan yakkama yakka tartibda suhbat oʼtkazdi.
Bo'lim: <span>Yangiliklar</span>
«Xotira – muqaddas, qadr aziz»
FA Fundamental kutubxonasida 9 may "Xotira va qadrlash" kuniga bag'ishlab "Xotira - muqaddas, qadr aziz" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi!
Xalqimiz mehrini qozongan adib!
Bugun 26-aprel kuni FA Fundamental kutubxonasida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan "Xalqimiz mehrini qozongan adib" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi. Ko'rgazmadan Shoir qalamiga oid unutilmas va takrorlanmas she'riy to'plamlari joy oldi.
80 yoshlik yubiley ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bugun FA Fundamental kutubxonasida Yoshlar ittifoqi mukofoti laureati, “El-yurt xurmati” ordeni sohibasi, san’atni ijtimoiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirgan shoira va tarjimon Oydin Hojievaning 80 yilligi munosabati bilan she'riy kecha uyushtirldi va shoiraning she'riy to'plamlaridan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi!
Kitobga mehr-hayotga zavq!
"Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan FA Fundamental kutubxonasiga Respublikamizning turli oliy o'quv yurtlardan talaba yoshlar tashrif buyurishmoqda!
Kitobxonlik targ’iboti yo’lida!
Fundamental kutubxona mahallalarda oliy o'quv yurtlarida va boshqa tashkilotlar qarshisida tashkil etilgan kutubxonalar fondini boyitish uchun beg'araz lmiy, ilmiy ommabop va badiiy adabiyotlar ajratishda va uslubiy yordam ko'rsatishda davom etmoqda!
Navoiy oʼqigan kitoblar!
Joriy yil 19-april kuni FA Fundamental kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi"ga bag'ishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi!
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasida «Kitobxonlik haftaligi»ga start berildi!
Fundamental kutubxonada ta'mirlash ishlari ketayotganligiga qaramasdan joriy yil 18-23-aprel kunlari mamlakatimiz miqyosida oʻtkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Respublikaning turli viloyatlaridan kutubxona xodimlari tashrif buyurishdilar va kutubxona faoliyati bilan tanishishdilar.
«Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!»
2022 yil 10 fevral Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti " Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida" Qaroriga muvofiq FA Fundamentla kutubxonasida "Oʼzbek sheʼriyatining porloq yulduzi!" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi!
FA Fundamental kutubxonasi barcha hamyurtlarimiz qatori, barchaning qalbiga iliqlik quvonch olib keluvchi, xalqimiz suyib qadrlovchi Navruz bayramini nishonlashdilar!
Bayramda kutubxona rahbariyati va hodimlar jamoasi bilan bir qatorda O'zbekiston Davlat Madaniyat va San'at instituti talabalari tashrif buyurishdi. Sahnada kutubxonamiz hodimlari o'z sahna ko'rinishlari bilan barchaga kulgi ulashishdi, institut talabalari tomonidan kuylangan ashulalar esa bayramga yanada bayramona shukuh bag'ishladi.