UO‘K: 821.161.1-3
KBK: 84 (2Ros=Rus)
T-64
Tolstoy, Lev
Anna Karenina: roman. Lev Tolstoy / Rus tilidan Mirzakalon Ismoiliytarjimasi. Ikkinchi kitob. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. – 608 b.
ISBN 978-9943-27-787-8
Jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lgan xonadon bekasi qalbidagi kemtiklikni muhabbatdan izlaydi. Unga o‘sha muhabbat nasib ham bo‘ladi. Xo‘sh, Anna nega unda atrofidagi mayda muammolardan qat’i nazar, mehr-muhabbatdan sarmast bo‘lishi kerak bo‘lgan pallada o‘ziga so‘nggi chora- o‘limni ravo ko‘rdi? Vronskiy-chi? U Annaning vasliga erishgach, qalbi daryo, muhabbati yo‘lida sobit ayolga hamisha yana nimadir yetishmayotganini anglashi, his qilishi qiyinmidi?
Darhaqiqat, Lev Tolstoy bu asari haqida «Anna Karenina- men o‘zim», deb aytadi. Anna timsoli orqali yozuvchi hayot-mamot, inson taqdiri, yashashdan maqsad, odamzotning ma’naviy kamoloti, a’moli kabilarga o‘zining haqqoniy va samimiy munosabatini bildiradi.
Romanda keltirilgan Kareninlar, Oblonskiylar va Le- vinlardan iborat uchta katta oilaning turmush-tarzi, ularni bog’lagan rishtalar, qaxramonlardagi e’tiqod masalasi, Vron- skiyni Annaga (yoki Annani Vronskiyga) tomon talpintirgan kuch, nihoyat Annaning halokatli o‘limi tasvirlarini o‘qir- kan, kitobxon o‘zini beixtiyor Tolstoyga yaqindek, Tolstoyga hamfikrdek, balki Tolstoy qalbini o‘qiyotgandek his etadi.
Leave a Reply