Yil: <span>2021</span>

Home / 2021
Dunyodagi eng baland kutubxona!
Maqola

Dunyodagi eng baland kutubxona!

Dunyodagi eng baland kutubxona Shanxayda, Marriott mehmonxonasida, taxminan 230 metr balandlikda joylashgan!

Kutubxona mehmonxonaning 60-qavatida (230,9 m) joylashgan. Muassasa Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan "dunyodagi eng baland kutubxona" unvoniga sazovor bo'ldi.
Kutubxonaga kirish uchun mehmonxona nomeridagi elektron kartochkadan foydalaniladi. Unda xitoy va ingliz tillarida adabiyot, falsafa va tarix kabi turli mavzulardagi 2000 dan ortiq kitoblar mavjud.

Katta umidlar. Charlz Dikkens
Maqola

Katta umidlar. Charlz Dikkens

Hammasi oddiy voqeadan boshlanadi. Yosh Filipp qabriston yonida o‘ynab yurganida qamoqdan qochgan mahbus uni tutib oladi va boladan o‘zi uchun yegulik va egov olib kelishini talab qiladi. Mana shu voqea bolaning kelajagini o‘zgartirib yuboradi.
Aziz kitobxon! Mashhur ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning „Katta umidlar“ romani sizning sevimli asarlaringiz qatoridan o ‘rin olishiga ishonamiz.

«INFOLIB O’ZBEKISTON – 2021» X Milliy axborot-kutubxona haftaligi
Maqola

«INFOLIB O’ZBEKISTON – 2021» X Milliy axborot-kutubxona haftaligi

Mazkur haftalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zb. Res. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 781-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.