Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara olgan va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan.