Oy: <span>Mart 2025</span>

Home / 2025 / Mart
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Maqola

Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk astronom va matematik olim, Temuriylar sulolasining atoqli vakillaridan biri. U 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, Joriy yilda uning tavalludining 631 yilligi nishonlanadi. Ulug‘bekning eng katta ilmiy merosi – Samarqandda bunyod etgan Ulug‘bek rasadxonasi, u yerda astronomik kuzatishlar olib borib, yulduzlar jadvalini tuzgan. Uning asosiy asari “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy” bo‘lib, bu asar butun...

Assalomu alaykum! Yaqinlashib kelayotgan Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Maqola

Assalomu alaykum! Yaqinlashib kelayotgan Navroʻzi olam muborak boʻlsin!

Navroʻz – bahor bayrami, yangilik va yangilanish ramzi boʻlib, koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng nishonlanadi. Navroʻz haqida koʻplab kitoblar yozilgan boʻlib, ular orqali bu qadimiy bayramning tarixi, anʼanalari va ramziy maʼnosi haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Bizning kutubxonada Navro‘z haqida yuqoridagi kitoblar mavjud. Kutubxonamizga tashrif buyuring va Navro‘zi bayrami haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Joriy yilning 13-mart kuni O‘zR FA Fundamental kutubxonasida 2023-2025-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi va hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Maqola

Joriy yilning 13-mart kuni O‘zR FA Fundamental kutubxonasida 2023-2025-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi va hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda kutubxona direktori Z.Berdiyeva va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.O‘razovalar 2024-yilda hamkorlikdagi ishlar yuzasidan gapirib o‘tdilar. Darhaqiqat bugungi kunda kutubxonani umumiy ahvoli qoniqarli darajada emasligi, barcha xodimlar umumiy xonaga joylashgan holda ish faoliyatlarini olib borilayotganligi, biroq barcha vazifalar o‘z vaqtida bajarilayotganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy himoyalash va qo‘llab quvvatlash borasida...

Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni
Maqola

Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi o‘rni

Mazkur monografiyada o‘zbek tili barqaror birliklarida lingvomadaniy mazmunning shakllanishida tayanch qism vazifasini bajaruvchi lingvomadaniy kodlar o‘zbek tili sohiblarining milliy tafakkur tarsi, dunyoqarashi, urf-odatlari hamda o‘zbek milliy qadriyatlari bilan uzviylikda tadqiq qilingan. Monografiyadan lingvomadaniyatshunoslik bo‘yicha tadqiqot olib boradigan tilshunoslar, magistrantlar, talabalar, antropotsentrik tilshunoslikka qiziquvchi barcha tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin. Muqimova Z. R. Lingvomadaniy kodlarning olamning lisoniy manzarasidagi...

Hindiston va Xitoy dinlari hamda madaniyati
Maqola

Hindiston va Xitoy dinlari hamda madaniyati

Diyorimizda ilk bor Abu Rayxon Beruniy ilmiy muomalaga kiritgan Sharq xalqlari qadimgi tarixi, diniy e’tiqodi, ilm-fani va madaniyati hozirda istiqlol sharofati bilan yanada keng qamrovda tadqiq etilmoqda. E’tiborga havola qilingan monografiya ham yuqorida zikr qilingan jarayonning mantiqiy davomi. Ushbu asarni yaratishda diniy-falsafiy, tarixiy va adabiy manbalar qatori dunyoning turli go‘shalarida chop etilgan nashrlardan foydalanildi. Mazkur...

Mehnat va kurashda toblangan hayot onlarim
Maqola

Mehnat va kurashda toblangan hayot onlarim

Ushbu xotira kitobida mashhur arxeolog akademikning mashaqqatli va sermazmun hayot yo‘li tasvirlangan. Muallif uzoq yillik umri davomida boshidan kechirgan sarguzashtlarni bayon etgan. Unda hayotda to‘g‘ri so‘z bo‘lib yashashning naqadar qiyinligi, ulug‘ ustozlarining mehribonchiliklari, ilmning zahmatlari va uning yo‘lida uchragan to‘siqlar, yaxshi insonlar ko‘magi hayotiy misollar asosida qalamga olingan. Zahmatkash, tinib-tinchimas olimning yo‘liga g‘ov bo‘lganlarni bosib...

SUZUK OTA IZIDAN
Maqola

SUZUK OTA IZIDAN

Muallif Shodimetov Kamoljonning ushbu kitobida olis va yaqin o‘tmishda xalqimizning hurmati ixlosini qozongan buyuk allomalarning nomlariga bunyod etilgan inshootlar sirasiga kiruvchi Suzuk ota maqbarasi va masjidi majmuasi haqida. Kitob bu muqaddas qadamjoga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi, sayyoh, tadqiqotchida tug‘ilishi tabiiy bo‘lgan savollarga javob beradi. Ajdodlarimizning boy meroslariga qiziquvchi har bir kitobxonga foydali manba bo‘lib...

O‘zbekistonda bioorganik kimyo fanining  qaror topishi
Maqola

O‘zbekistonda bioorganik kimyo fanining qaror topishi

Ushbu kitobda Bioorganik kimyo institutining 1973-yildan 2012-yilga qadar erishilgan asosiy yutuqlari aks ettirilib, jahon fani va O‘zbekistonda bioorganik kimyo sohasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlar va tadqiqotchilar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kitob bioorganik kimyo sohasida tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy xodimlarning keng doirasi-kimyogar va biologlar hamda oliy o‘quv yurtlarining o‘quvchilari, bakalavr va magistrantlariga mo‘ljallangan. Tilaboyev, Z. O‘zbekistonda...

Farg‘ona vodiysi dendroflorasi
Maqola

Farg‘ona vodiysi dendroflorasi

Mazkur monografiyada Farg‘ona vodiysi hududida 2020-2023 yillar moboynida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari davomida daraxt va butalarning 32 oilaga mansub 165 turi uchrashi aniqlandi. Ushbu monografiyada dendroflora ro‘yxatida keltirilayotgan har bir turning rasmi, areal sinfi, hayoti shakli, yashash joyi, foydaliligi, tadqiqot hududidagi balandlik diapazoni va botanik-geografik rayonlar kesimida tarqalishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Daminova, N. E., Tojibayev K....