XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy murakkab vaziyat, milliy zulm va mustamlakachilik kayfiyatining eng yuqori cho‘qqisiga yetishi turkistonlik milliy ziyolilarning hurriyat eshigini qattiqroq taqillatishlariga, xalqning haq-huquqlarini balandroq tovushlarda talab etishlariga olib keldi. Ushbu yo‘lda ular xalqning milliy mentalitetini yuksaltiradigan turli xil sohalarda xizmat faoliyatini olib bordilar. Ushbu kitob turkistonlik milliy ziyolilarning ana shunday murakkab jarayonlardagi...
Yil: <span>2025</span>
Mustafo Cho‘qay
Ushbu kitobda Turkiston xalqining buyuk farzandi, jamoat va siyosat arbobi, tarjimon va noshir Mustafo Cho‘qayning shonli hayot yo‘li va faoliyati, hamda uning “Yosh Turkiston” jurnalida chop etilgan Turkiston Muxtoriyati, tarixiy siymolar, milliy istiqlol kurashi, milliy kadrlar masalasi hamda qishloq xo‘jaligiga doir maqolalari o‘quvchilarga taqdim etilgan. Shu bilan birga ushbu kitobda Mustafo Cho‘qayning “1917-yil xotira parchalari”...
Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-yil 14-fevraldan Mehnat kodeksi yangi tahrirda amal qiladi. O‘zgartirishlar 13.02.2025 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1030-sonli Qonuni bilan kiritildi. Texnik o‘zgartishlar bilan birga, muhim yangiliklar ham bor. O‘zgartirishlar bo‘yicha Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Endi ish beruvchilar my.mehnat.uz orqali mehnat shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin. Bu hujjatlashtirish jarayonini soddalashtiradi va qog‘ozbozlikni kamaytiradi. Biroq,...
Z-avlod: umid, ishonch va xavotir manbai
Monografiyada yangi kommunikatsiya texnologiyalari va hayotning umumiy raqamlashuvi davri boshlanishi munosabati bilan zamonaviy axborot olamidagi, xususan, O‘zbekistondagi yoshlar fenomeni tadqiq etilgan. Ma’rifiy maqsadda kitob Z-avlod (zumerlar) orasida keng qo‘llanadigan jargon tushunchalar va iboralar lug‘ati kiritilgan. Ilovalarda muallif ishtirokidagi tadqiqotlardan olingan bir qator muhim xulosalar keltirilgan. Ushbu masalaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Tashmuxamedova D....
Abdulla Qodiriy armonlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fan va texnologiyalar universitetining tillar kafedrasida tayyorlangan ushbu monografiya o‘zbek xalqining buyuk farzandi va atoqli adibi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Monografiyada berilgan nazariy fikrlar, takliflar va tavsiyalardan falsafa, siyosatshunoslik, etika va estetika, mantiq, tarix, siyosiy iqtisod, adabiyot, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, musulmon huquqi, yurisprudensiya...
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Bugun, 9-aprel – buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da dunyoga kelgan. Uning otasi Amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan....
Sogʻlom oila uchun birlashaylik
Oʻzbekiston Milliy bogʻida Sport vazirligi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Sogʻlom oila uchun birlashaylik” shiori ostida marafon tashkil etildi. Bunda Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi xotin-qizlari faol ishtirok etishdi! Marafon davomida musiqa ostida jismoniy mashqlar, besh ming qadam yurish, mutaxassislar tomonidan toʻgʻri ovqatlanish borasidagi foydali maslahatlar berildi.
Аssalomu alaykum, aziz va qadrli yurtdoshlar!
Ramazon hayiti mehr-muruvvat, xayr-saxovat, ezgulik bayramidir. Siz azizlarni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklaydi! Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz!
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk astronom va matematik olim, Temuriylar sulolasining atoqli vakillaridan biri. U 1394-yil 22-martda tug‘ilgan, Joriy yilda uning tavalludining 631 yilligi nishonlanadi. Ulug‘bekning eng katta ilmiy merosi – Samarqandda bunyod etgan Ulug‘bek rasadxonasi, u yerda astronomik kuzatishlar olib borib, yulduzlar jadvalini tuzgan. Uning asosiy asari “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy” bo‘lib, bu asar butun...
Assalomu alaykum! Yaqinlashib kelayotgan Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Navroʻz – bahor bayrami, yangilik va yangilanish ramzi boʻlib, koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham keng nishonlanadi. Navroʻz haqida koʻplab kitoblar yozilgan boʻlib, ular orqali bu qadimiy bayramning tarixi, anʼanalari va ramziy maʼnosi haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Bizning kutubxonada Navro‘z haqida yuqoridagi kitoblar mavjud. Kutubxonamizga tashrif buyuring va Navro‘zi bayrami haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ling.









