“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Bugun” madaniy-ma’rifiy dasturida akademik Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi yoritildi! Tadbir tafsilotlari bilan yuqoridagi videolavhada tanishing!
2026-yilning 20-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida akademik, navoiyshunos olim, aziz inson Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Kechada Aziz Qayumovning hamkasblari, shogirdlari, do‘stlari ishtirok etishdi. Ular akdemik haqidagi fikrlari, xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir juda maroqli, samimiy, do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Xotira kechasida ishtirok etganlar ustoz haqida juda ko‘p gapirish, eslash, yaxshi so‘zlar bilan xotirlash mumkinligini, akademikning har bir satri, har bir yozgan asari, odatlari yoshlar uchun ibratli ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, akademikning hayoti...
Azizxon Qayumov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi
Azizxon Qayumov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik, butun umrini yurt farovonligi va ilm ravnaqiga bag‘ishlagan ma’rifatparvar, sharqshunos olim, Aziziy taxallusida she’rlar bitgan shoir ham edi. Olim “O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni va Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Mehnatda...
Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 14-yanvar Vatan himoyachilar kuniga bag‘ishlangan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha o‘g‘lonlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklaymiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt va doimo yurtga munosib tayanch bo‘lishingizni tilaymiz.Bayramingiz muborak bo‘lsin!



