O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Sen – bahorni sog‘inmadingmi?” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan bahor faslining go‘zalligi, tabiatning uyg‘onishi, inson qalbidagi yangilanish va ilhomni tarannum etuvchi badiiy hamda ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmada o‘zbek adabiyotining mashhur adiblari qalamiga mansub asarlar, she’riy to‘plamlar hamda bahor mavzusini yorituvchi kitoblar joy olgan. Barcha kitob ixlosmandlarini...
Author: Admin (Admin FAFK)
FA Fundamental kutubxonasida Jamoat shartnomasi bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘rayev ochib berdi. Ma’muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan hamkorlikda olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. Kasaba uyushmasi raisi D.Husanova yil mobaynida rahbariyat bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash, mehnat muhofazasi mehnatiga haq to‘lash, mehnat qonunchiligi borasida batafsil tushuntirishlar berdi. Yig‘ilish davomida qizg‘in savol – javoblar bo‘lib o‘tdi, mavjud masalalar...
Mir Alisher yonida…
Ushbu kitobda Navoiy g‘oyalarining, nazmiy an’analarining bardavomligi, she’riyatga ta’siri va o‘ziga xos talqini o‘zbek xalqining mashhur shoirlari Erkin Vohidov, Jamol Kamol va Omon Matjonlar ijodi misolida tadqiq etilgan. Hakimov, M. Mir Alisher yonida… : monografiya/ М. Hakimov. – Toshkent: Tafakkur, 2025. – 120 b.
E’LON
2026-yil 27-fevral kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Tozalik kuni” bo‘lganligi uchun ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Bobur – shoh va shoir
Bugun, 14-fevral kuni jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va iste’dodli sarkarda – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda. U nafaqat yirik davlat arbobi va sarkarda, balki betakror iste’dod sohibi, nozik didli ijodkor sifatida ham tarix sahifalaridan munosib o‘rin egallagan. Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari jahon adabiyoti va...
Mahalla – ahillik va mehr-oqibat maskani
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan “Mahalla – ahillik va mehr-oqibat maskani” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi Mazkur ko‘rgazmada mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimiz, ahillik va hamjihatlik tamoyillari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan adabiyotlar keng o‘rin olgan. Tashrif buyuruvchi kitobxonlar mahalla tarixiga oid manbalar, ilmiy-tahliliy asarlar...
Bugun 9-fevral buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy komillik timsoli” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Alisher Navoiyning o‘lmas asarlari, mumtoz va zamonaviy nashrlari, adabiyotshunos olimlar tomonidan yozilgan kitoblar, shuningdek, Navoiy siymosi va uning davlat arbobi sifatidagi faoliyatini yorituvchi manbalar o‘rin olgan. Alisher Navoiy o‘zining bebaho ijodi,...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi OAV nigohida
“Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Bugun” madaniy-ma’rifiy dasturida akademik Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi yoritildi! Tadbir tafsilotlari bilan yuqoridagi videolavhada tanishing!
2026-yilning 20-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida akademik, navoiyshunos olim, aziz inson Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Kechada Aziz Qayumovning hamkasblari, shogirdlari, do‘stlari ishtirok etishdi. Ular akdemik haqidagi fikrlari, xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir juda maroqli, samimiy, do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Xotira kechasida ishtirok etganlar ustoz haqida juda ko‘p gapirish, eslash, yaxshi so‘zlar bilan xotirlash mumkinligini, akademikning har bir satri, har bir yozgan asari, odatlari yoshlar uchun ibratli ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, akademikning hayoti...
Azizxon Qayumov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi
Azizxon Qayumov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, akademik, butun umrini yurt farovonligi va ilm ravnaqiga bag‘ishlagan ma’rifatparvar, sharqshunos olim, Aziziy taxallusida she’rlar bitgan shoir ham edi. Olim “O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni va Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Mehnatda...









