Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Yangiliklar
Zulfiyahonim tavalludining 106 yilligi!
26-fevral kuni O’z.Res. FA Fundamental kutubxonasida kasaba uyushmasi qo’mitasi va ma’muriyat hamkorligida tadbir bo’lib o’tdi!
Tadbirda kutubxona hodimlari tomonidan 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi bo'yicha hisoboti berildi.
Bugun 23-fevral kuni Fundamental kutubxonada taniqli o’zbek shoiri Yo’ldosh Eshbek bilan suhbat bo’lib o’tdi!
Suhbatda shoir zamonaviy o'zbek jamiyatida o'zbek adabiyotining tutgan o'rni, ahamiyati haqida gapirib o'tdi.
Suhbatni «Madaniyat va Ma'rifat» telekanali muharriri Gulmira Musajonova olib bordi.
Fundamental kutubxonada «Sadoqatda bir umr qolgum » nomli xotira kechasi boʼlib oʼtdi!
17 fevral kuni Fundamental kutubxonada sadoqatli rafiqa, xassos shoira, mehribon ona sifatida tanilgan Saida Zunnunova tavallud topgan kunning 95 yilligiga bagʼishlangan xotira kechasi boʼlib oʼtdi.
Fundamental kutubxona binosi unikal obyekt sifatida tarixiy ahamiyatga ega.
Kuni kecha Fanlar Akademiyasining Fundamental kutubxonasida tarix fanlari doktori Abdumajid Madraimov va boburshunos olimlar ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi ilmiy hujjatli film suratga olina boshlandi!
Bugun Fundamental kutubxona xodimlariga seminar trening bo’lib o’tdi!
Seminarda, xodimlar har bir bo'lim haqida o'zaro bilim almashishdi va kutubxona ishi haqida yanayam to'liqroq bilimga ega bo'lishdi.
Bugun 9-fevral kuni oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 588 yil to’ldi!
Alisher Navoiy (1441-1501)
Kuni kecha 26 yanvar kuni Fundamental kutubxonada taqdirlash marosimi boʼlib o’tdi!
“Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissasi uchun kutubxona direktori Berdieva Zuhra Shukurovna “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Kitoblar ko’rgazmasi!
Аzizxon Qayumov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan nashr etilgan kitoblar taqdimoti boʼlib oʼtdi.
26 yanvar kuni Akademik olim, navoiyshunos Аzizxon Poʼlatovich Qayumovning 95 yillik tavalludi munosabati bilan xotira kechasi tashkil qilindi!
Tadbirda ustozning pok va samimiy, xayrli umr yoʼllari, ijodiy faoliyati, buyuk bir insonligi, Navoiydek insoniy fazilatlari, Navoiy orzu qilganidek komil inson sifatida yodda qolganligi, ustozning har bir ishi, umrining har bir sahifasi hamma uchun ibratlarga boy ekanligi, domlaning juda katta maktab yaratib ketganligi esga olindi, eʼtiroff etildi.
Zahmatkash va zabardast olim!
Bugun FA Fundamental kutubxonasida Azizxon Po’latovich Qayumov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan ko'rgazma tashkil qilindi.