Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni mamlakatimizda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz. Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan, Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Fundamental kutubxonasi rahbariyati bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda kutubxonamiz uchun jon kuydirib ko‘p yil faoliyat...
Yil: <span>2024</span>
Birinchi o‘zbek tuproqshunos va taniqli arabshunos olimi
Ushbu risola birinchi o‘zbek tuproqshunosi va Respublikamizdagi taniqli arabshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Majidxon Bahodirov tavalludining 120 yilligi munosabati bilan nashrga tayyorlandi. Risolaga Majidxon Bahodirovning tarjimai holi, ilmiy va pedagogik faoliyati, asarlari va olim haqidagi rasmiy ma’lumotlar hamda shogirdlari, qarindoshlari, farzandlari va nabiralarining maqolalari kiritilgan. Bahodirov, R. M. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro...
Buxoro tarixi yozma manbalari
Darslikda Buxoro tarixining u yoki bu masalalarini o‘z ichiga olgan yozma manbalar, ularning vujudga kelish, o‘rganilish, nashr qilinish tarixi, qo‘lyozma nusxalarining miqdori va saqlanish manzili, ma’lumotlarning joylashish tartibi, kam o‘rganilgan masalalarni tadqiq qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari hamda Buxoro tarixini o‘rganishdagi ahamiyati yoritib berilgan. Bu darslikdan tarixchi, manbashunos, o‘lkashunos, arxeolog, Buxoro tarixi bilan qiziquvchilar foydalanishi...
Manzildan keyingi yo‘l
Jumanazar Beknazar. Manzildan keyingi yo‘l. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. – 102 b. Jumanazar Beknazarning ushbu kitobida inson, uning ruhiyati, kechmishlari, tug‘yonlari o‘zgacha tarzda ifoda etilgan.
Akademik Naim Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir
2024 yil 28 may kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Quyosh” mahallasi kutubxonasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bilan hamkorlikda akademik Naim Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Naim Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1993-yilda unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1994-yilda esa professor ilmiy unvoni berilgan.Uning ilmiy izlanishlari,...
16-17-may kunlari Jizzax shahrida “Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva “Mutolaa – og‘zaki va yozma savodxonlik asosi” mavzusida hamda kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari Qunduzay Nurimova “Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi tomonidan nashr etilgan bibliografik to‘plamlar tahlili” mavzusida, “Jamlash” bo‘limi 1-toifali kutubxonachisi Hamdamova Dilshoda “Maktab kutubxonalari fondini badiiy adabiyotlari bilan to‘ldirish” mavzusida ma’ruza qildilar....
O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi
Bugun 2024-yil 28-fevral kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi hamda Toshkent shahar Olmazor tumani Quyosh mahalla kutubxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Yaxshilik deb yashayman” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Normurod Narzullayev – 1934-yil 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan. Shoir, jurnalist, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri,...
“Pofessional ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini yuritish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2024 yil 2 fevral kuni Noshirlik matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji “Pofessional ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini yuritish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent shahar axborot-resurs markazlari rahbarlari, kutubxonachilik, malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi. Seminarda Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Berdiyeva Z.SH. “Axborot-resurs markazlarida mutolaa madaniyatini va kitobxonlik faoliyatini tashkil etish” mavzusida ma’ruza-taqdimot...