Yig‘ilishda kutubxona direktori Z.Berdiyeva va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.O‘razovalar 2024-yilda hamkorlikdagi ishlar yuzasidan gapirib o‘tdilar. Darhaqiqat bugungi kunda kutubxonani umumiy ahvoli qoniqarli darajada emasligi, barcha xodimlar umumiy xonaga joylashgan holda ish faoliyatlarini olib borilayotganligi, biroq barcha vazifalar o‘z vaqtida bajarilayotganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy himoyalash va qo‘llab quvvatlash borasida...
Bo'lim: <span>Tadbirlar</span>
Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi
Chinabod sanatoriyasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan ma’ruza qildi hamda ularning hayoti va ijodi haqida ishtirokchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni mamlakatimizda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan tabriklaymiz. Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan, Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Fundamental kutubxonasi rahbariyati bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda kutubxonamiz uchun jon kuydirib ko‘p yil faoliyat...
Akademik Naim Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir
2024 yil 28 may kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Quyosh” mahallasi kutubxonasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bilan hamkorlikda akademik Naim Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Naim Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1993-yilda unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1994-yilda esa professor ilmiy unvoni berilgan.Uning ilmiy izlanishlari,...
16-17-may kunlari Jizzax shahrida “Central Asia – 2024: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva “Mutolaa – og‘zaki va yozma savodxonlik asosi” mavzusida hamda kutubxona ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari Qunduzay Nurimova “Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi tomonidan nashr etilgan bibliografik to‘plamlar tahlili” mavzusida, “Jamlash” bo‘limi 1-toifali kutubxonachisi Hamdamova Dilshoda “Maktab kutubxonalari fondini badiiy adabiyotlari bilan to‘ldirish” mavzusida ma’ruza qildilar....
O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi
Bugun 2024-yil 28-fevral kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi hamda Toshkent shahar Olmazor tumani Quyosh mahalla kutubxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Yaxshilik deb yashayman” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Normurod Narzullayev – 1934-yil 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan. Shoir, jurnalist, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri,...
“Pofessional ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini yuritish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2024 yil 2 fevral kuni Noshirlik matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji “Pofessional ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari faoliyatini yuritish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Toshkent shahar axborot-resurs markazlari rahbarlari, kutubxonachilik, malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi. Seminarda Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Berdiyeva Z.SH. “Axborot-resurs markazlarida mutolaa madaniyatini va kitobxonlik faoliyatini tashkil etish” mavzusida ma’ruza-taqdimot...
Qozog‘iston Fanlar akademiyasi Muxtar Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi
2023 yil 4 dekabr kuni kutubxonamizga Qozog‘iston Fanlar akademiyasi Muxtar Avezov nomidagi Adabiyot va san’at institutidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurishdi: Auyesbayeva Pokiza – filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Saltakova Janat – PhD, Qaliasqarova Aynur – doktorantlar kelib kutubxona fondida mavjud qozoq adabiyoti, xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishdi. Shu bilan birga o‘zlari 2022 yilda nashrdan...
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining 80 yilligi nishonlandi
2023 yil 14 noyabrda Sharqshunoslik institutining tashkil topganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda institut tarixiga oid taqdimot, turli darajadagi xorijiy hamkorlarning chiqishlari, tabriklari, mamalakatimizdagi ilmiy tashkilot vakillarining chiqishlari hamda tabriklari, institut xodimlarining dil so‘zlari tinglandi. Institut tarixini, uning boy xazinasini yorituvchi katta ko‘rgazma taqdim etildi. Ko‘rgazmadan 80 yil mobaynida direktor bo‘lib...
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi, Xalq maorifi a’lochisi Erkin Malik bilan ijodiy uchrashuv
Mahalla kutubxonalari bilan hamkorligimiz davom etmoqda. “Quyosh” MFY kutubxonasi bilan hamkorlikda “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari” haqidagi xotira kitobi, “Subhidam hikoyalari”, “Bolaligim ertaklari”, “Ijobat bo‘lgan duo”, “Zulfiya opa bir kuni…”, “Nabiramga maktublar”, to‘rt kitobdan iborat “Shaytonvachchaning nayranglari”, “Champo otli ilon”, “Ona shahrim – Toshkentim” va boshqa kitoblar muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi, Xalq...









