Bugun FA Fundamental kutubxonasida "Ilmiy-uslubiy" bo'lim boshlig'i Oksana Alimovna va " Jamlash bo'limi" yetakchi kutubxonachisi Vlada Aleksandrovnaning 50 yillik yubiley ayyomi munosabati bilan chiroyli tadbir bo'lib o'tdi!
Yangiliklar
Ilmiy-amaliy konferensiya
2022-yil 16-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxona direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna Rossiya FАning Sibir boʼlimida boʼlib oʼtgan ilmiy-amaliy konferensiyaning "Kitob madaniyatining oʼtgan davrdagi va zamonaviy muammolari" nomli 3-sho'basida "Аlisher Navoiy asarlarida kitob, oʼqish , kitobxonlik faoliyati masalalari" mavzusida on-layn maʼruza bilan ishtirok etdi.
Bayram muborak bo’lsin!
FA Fundamental kutubxonasi rahbariyati va hodimlari sizlarni yaqinlashib kelayotgan nafis bahor faslining eng go'zal bayrami 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barchangizni tabriklaydi!
FA Fundamental kutubxonasiga Rossiya davlatidan hamkasb mehmonlar tashrif buyurishdi!
2022-yil 15-fevral kuni Oʼzbekiston Milliy kutubxonasi taklifi bilan Toshkent kutubxonalari bilan tanishib borayotgan hamkasblarimiz Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʼlimi direktori tarix fanlari doktori Irina Vladimirovna Lazunova, direktorning ilmiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Sergey Vasilevich Kozlov , kutubxonamizning sobiq xodimi, hozirgi kunda Rossiya FА Davlat Xalq ilmiy texnika kutubxonasi Sibir boʼlimi direktorining Xalqaro aloqalar boʼyicha yordamchisi Pshenichnaya Yevgeniya Vladimirovnalar bizning kutubxonamizga kelib ketdilar!
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi!
FA Fundamental kutubxonasida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga atab " Navoiy - komillik timsoli! " hamda oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab ko'rgazma tashkil qilindi!
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparatidan, FA Fundamental kutubxonasiga, yangi nashrdagi, qiymati mamlakatimiz ravnaqida katta ahamiyatga ega bo’lgan kitob va kitob-albomlar bir necha nusxada sovg’a tariqasida taqdim etildi
Biz, kutubxonamiz rahbariyati va xodimlar jamoasi O'zb. Res. Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparati rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Islom Abdugʻaniyevich Karimovning (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr) 84 yilligi!
davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni (1994). 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti 84 yilligiga bag'ishlab kutubxonamizda ko'rgazma tashkil qilindi!
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparatidan, FA Fundamental kutubxonasiga, yangi nashrdagi, qiymati mamlakatimiz ravnaqida katta ahamiyatga ega bo’lgan kitob va kitob-albomlar bir necha nusxada sovg’a tariqasida taqdim etildi.
Biz, kutubxonamiz rahbariyati va xodimlar jamoasi O'zb. Res. Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparati rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Unitilmas sanalar!
O’zbekiston xalq yozuvchisi
Tohir Malik (Hobilov Tohir Аbdumalikovich) (1946–2019) tavalludining 75 yilligi!
G’iyos Yoqubovich Umarov (1921 –1988) tavalludining 100 yilligi!
Oʼzb. FА muhbir aʼzosi, Fizik olim, Texnika fanlari doktori, professor,tadqiqotchi
Nikolay Vasilevich Dmitrovskiy tavalludining 180 yilligi!
Nikolay Vasilyevich Dmitrovskiy sud maslahatchisi, Turkiston xalq kutubxonasining birinchi kutubxonachisi va boshlig‘i, eng mashhur toshkentlik bibliograf, nodir nashrlarning ishtiyoqli to‘plovchisi, o‘lkamiz tarixiga oid ma’lumotlarning tinimsiz yig‘uvchisi. U tirik ensiklopediya deb ataldi.
«INFOLIB O’ZBEKISTON – 2021» X Milliy axborot-kutubxona haftaligi
Mazkur haftalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zb. Res. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 781-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.










